Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

    Mamlakatimizda 23 Avgust 2021 6247

    Prezident qarori (PQ–5227-son, 23.08.2021-y.) bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

    Qarorga koʻra, Akademiya barcha taʼlim bosqichlarida faoliyat koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

    Akademiyada quyidagi yoʻnalishlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi:

    xalqaro va milliy mehnat standartlari;
    mehnat huquqi;
    inson huquqlari;
    mehnat tibbiyoti;
    ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

    Akademiyada taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.

    Taʼlim oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

    Qabul parametrlari, abituriyentlarni qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq toʻlash miqdori Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Muassis) bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi.

    Akademiya bitiruvchilariga oliy taʼlim va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

    Qarorga koʻra, har yili 20 nafardan kam boʻlmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (Muassis granti asosida) oʻqishga qabul qilinadi.