Uchrashuvni ochar ekan, N.B.Xusanov PISA dasturi tashabbuskori va rahbari Anderas Shlyaxerga vazirlikka tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha dastlabki kelishuvga asosan PISA dasturi tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyaxerga vazirlik rahbariyati tomonidan aholi bandligi va kasb-hunar taʼlimi darajasini oshirishga xizmat qiluvchi tegishli shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Fuqarolarning respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan kasb-hunarga oʻqitish markazlarida joriy yil qariyb 110 mingga yaqin talabalar oʻqitilganligi taʼkidlandi. Mazkur monomarkaz faoliyati ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich aholining ishsiz qatlamining bandligiga koʻmaklashish maqsadida ularni kasb-hunarga oʻqitish boʻlsa, 2-bosqichida monomarkaz xodimlarining va talabalarining malaka va koʻnikmalarini baholashdan iborat.

Bu borada bugungi kunda Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi xorijiy mamlakatlar baholash markazlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilyapti. Kasb-hunarga oʻqitish va malakani baholash yuzasidan moliyaviy masalalar boʻyicha Worldbank hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Bundan tashqari, N.B.Xusanov xorijdan malakali mutaxassislarni Oʻzbekistonga tajriba almashish maqsadida taklif etish bilan birga ishchi kuchiga talab yuqori boʻlgan davlatlarning buyurtmasiga muvofiq xorijiy davlatlarda hech qanday toʻsiqlarsiz ishlashlari uchun kasb-hunarga oʻqitilgan mutaxassislarga Turkiya tomonidan Yevropa sertifikati berish boshlanganligini taʼkidladi.

PISA dasturi tashabbuskori va rahbari Andras Shlyaxer Oʻzbekistonga tashrifidan mamnun ekanligini bildirgan holda, mazkur tashrif davomida juda katta oʻzgarishlar va islohotlar guvohi boʻlayotganligini bildirdi. PISA dasturi bilan yana bir bor tanishtirar ekan, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha Germaniya tajribasidan kelib chiqqan holda bir nechta takliflar kiritdi. PISA dasturi taraqqiyot choʻqqisida ekanligini hisobga olgan holda yana bir yangi dastur PIAC — katta yoshdagi(16 yoshdan 65 yoshgacha) mutaxassislarning malakasini baholash dasturi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Bu dasturning asosiy vazifasi oʻrganilgan malaka va koʻnikmalarning emas, balki uni qay darajada amaliyotda qoʻllay olish salohiyatini baholashga qaratilgan.

Uchrashuv soʻngida N.B.Xusanov Andreas Shlyaxer tomonidan kiritilgan takliflar yuzasidan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.