Mehnat yarmarkasida universitetning 500 ga yaqin talabalari va 20 dan ortiq tele va radio yoʻnalishi boʻyicha tashkilotlar hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari ham qatnashdi, deya xabar beradi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.
Qayd etish kerak, joriy yilning 4-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda talabalar bandligini taʼminlash, ularning daromad topishlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilangan edi.
Bu yil Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini ilk bitiruvchilar tamomlaydi. Bugun tashkil etilgan mehnat yarmarkasida axborot sohasidagi oʻnlab muassasalar 100 nafardan ortiq talabani oʻz tashkilotiga ishga qabul qilish taklifini berdi.
Taʼkidlash joiz, joriy yilning aprel oyida AOKA hamda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida sohada faoliyat koʻrsatayotgan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari hamda kutubxonalar vakillari ishtirokida mehnat yarmarkasi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.