O'zbekiston fuqarolarini xorijda bandligini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Federatsiyasining salohiyatli ish beruvchilari hamkorligida bugun, 5 avgust kuni onlayn tartibda mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Unda korxona va tashkilotlar payvandlash, montaj, pardozlash, g'isht terish, beton quyish, baliqni qayta ishlash, qandolat mahsulotlari va tikuvchilik, haydovchilik, kur'erlik, yuk tashish, issiqxona, sabzavotlar etishtirish, qo'ziqorin terish va boshqa ishlarga 3 mingdan ortiq bo'sh ish o'rinlarini taklif qildi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan Rossiyada ishlash istagida bo'lgan ko'plab fuqarolar mehnat yarmarkasida ishtirok etdi.
Onlayn tarzda o'tkazilgan mehnat yarmarkasida ish beruvchilarning aksariyati fuqarolarni ish joylariga etib olishi uchun aviachipta va hujjatlarni (patent) rasmiylashtirish xarajatlari ko'maklashishini ma'lum qildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.