Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi sohasida yoshlarning bandligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan xotin-qizlar va yoshlarga davlat tomonidan manzilli koʻmak berish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Bilim va kasb-hunar oʻrganishga ehtiyoji boʻlgan yoshlarga moddiy yordam berish maqsadida “Yoshlar daftari” hayotga tadbiq etildi. Unga kiritilgan yoshlarni daromad manbai bilan taʼminlash uchun “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida yer maydonlarini ijaraga berish orqali ularning bandligini taʼminlashga erishildi.
“Yarmarkada Toʻrtkoʻl tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilib, “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida yer bilan taʼminlangan va moʻl hosil olgan yoshlar ham oʻzlari etishtirgan mahsulotlari bilan ishtirok etdi. “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida bizga 20 sotix yer maydoni ajratib berildi. Dastlabki etishtirgan hosilimizdan bugungi yarmarkaga olib keldik. Bu yil yaxshi daromad olishni niyat qilganmiz”, deydi tadbir ishtirokchisi J. Abdullayev.
“Yoshlar daftari”ga kiritilib, “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida yer maydoni ajratilgan 80 nafar yosh dehqon oʻzlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan agro yarmarkada ishtirok etdi.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri