Bu haqda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda taʼkidlangan.
Uchrashuvda, shuningdek, eng chekka hududlarida ehtiyojmand oilalarga tegishli yordamlar koʻrsatish, ogʻir sharoitdagi mahallalarda ichimlik suvi bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam koʻrsatish, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar va fuqarolar uchun turli ish oʻrinlari yaratish kabi yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik loyihasini amalga oshirish haqida kelishib olindi, deb xabar bermoqda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati.
Oʻylaymizki, bu xayrli ish ham fuqarolarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashlari uchun yana bir eʼtibor boʻladi.