3 dekabr` — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Namangan viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolar, bemor va yolg'iz keksalar holidan xabar olinmoqda. Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti jamoasi ham mazkur xayrli ishlarda faol qatnashayotir.
Ayni paytda oliy ta'lim muassasasida nogironligi bo'lgan bir xodim faoliyat ko'rsatadi, yigirma bir nafar talaba tahsil oladi. Mazkur sana munosabati bilan ular uchun tadbir tashkil etilib, esdalik sovg'alar topshirildi.
Bundan tashqari, institut jamoasi To'raqo'rg'on tumanida istiqomat qilayotgan 9 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro, bemor va yolg'iz keksalar, ehtiyojmand oila holidan xabar oldi. Xonadon ahliga moddiy va ma'naviy ko'mak berilib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.