Unga koʻra, “Mehr-shafqat va Salomatlik” jamoat jamgʻarmasidagi talon-torojliklar fosh etilgan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamgʻarmasi faoliyati yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, jamgʻarma direktori M.A. va boshqalar oʻzaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamgʻarmaning 2,8 mlrd soʻm mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamgʻarma direktori M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.