Meksika Amerika Qo'shma SHtatlaridan 50 000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo'lgan koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 3 million dollarlik xayriya yordamini oldi, dedi sog'liqni saqlash vakili.

Meksika sog'liqni saqlash vazirligi 6 717 yangi tasdiqlangan koronavirus infektsiyasi va 794 o'lim holatini qayd etdi.  Bu esa mamlakatda jami 469 407 holatga va 51 311 o'limga olib keldi.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, virusga chalinganlarning haqiqiy soni tasdiqlangan holatlarga qaraganda ancha yuqori. Meksika sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari Ugo Lopez-Gatell ushbu xayriya tadqiqot maqsadlari, materiallar va sinovlar uchun ishlatilishini aytdi. YUqori yuqumli virus butun mintaqa bo'ylab tez tarqalishi bilan Lopez-Gatell jurnalistlarga “pandemiya uzayadi” dedi.