22 yoshli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi shaxs firibgarlik yoʻli bilan noqonuniy ravishda AQSHga joʻnatish ishlari bilan shugʻullanishini maʼlum qilgan.
U dastlab Yevropa orqali Meksikaga, u yerdan esa AQSH hududiga olib oʻtish uchun 30 ming AQSH dollari, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa oldindan 10 ming AQSH dollarini talab qilganini bildiradi.
Samarqand viloyat IIB tezkor-qidiruv xizmati jinoyat-qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazgan tadbir davomida ushbu shaxs arizachidan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.