Meksika Prezidenti tarixiy nomni Amerikaga qaytarishni taklif qildi

    Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQShning saylangan Prezidenti Donald Trampning Meksika ko'rfazining nomini Amerika ko'rfaziga o'zgartirish niyatida ekanligi haqidagi bayonotiga javoban Shimoliy Amerika nomini Meksika Amerikasi deb o'zgartirishni taklif qildi.

    Sheynbaumning ta'kidlashicha, Meksika ko'rfazining nomi allaqachon xalqaro institutlar, jumladan, BMT tomonidan tan olingan.

    Matbuot anjumanida prezident tarixiy xaritalarni taqdim etib, 1607-yilda Apatsingan shahri tashkil etilgach, bu hudud Meksika Amerikasi nomi bilan mashhur bo'lganini ta'kidladi.

    – Nega bu nomni qaytarib bermaymiz? Yaxshi eshitiladi, shunday emasmi? – deya qo'shimcha qildi u.

    Tramp avvalroq ko'rfaz nomini o'zgartirish bo'yicha rejalarini e'lon qilgan, biroq bu tashabbusni amalga oshirish muddatiga aniqlik kiritmagandi. Vakillar palatasi a'zosi Marjori Teylor Grin allaqachon bu haqdagi qonun loyihasini tayyorlagan.

    Sheynbaumning maslahatchisi Xose Alfonso Suares del Realning ta'kidlashicha, Meksika ko'rfazining nomi XVI asrdan beri xalqaro e'tirofga ega bo'lib, AQSh tashkil etilishidan oldin paydo bo'lgan, deb xabar beradi news.rambler.ru.