“Hozirda bizga 12 kishi jarohat olgani haqida xabarlar kelib tushdi”, deb yozdi Brugada o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Mexiko shahri hokimi Klara Brugada, shuningdek, shaharda bir nechta daraxtlar va elektr uzatish liniyalari qulaganini ta'kidladi. Meksika poytaxtining ba'zi hududlarida elektr uzilib qoldi.

Shu bilan bir qatorda, ba'zi ommaviy axborot vositalari zilzila oqibatida bir kishi halok bo'lganini xabar qilishdi.

Avvalroq rasmiylar 2-yanvar kuni ertalab 6,5 magnitudali zilzila qayd etilganini xabar qilishgan edi. Uning epimarkazi San-Markos shahri yaqinida (Gerrero shtati) joylashgan edi, deb xabar berdi rg.ru.