Xabaringiz bor, 14-fevral kuni soat 20:30 da “Milliy” telekanalida uzoq kutilgan “Mendirman Jaloliddin” serialining premyerasi boʻlib oʻtdi.
Premyeradan soʻng albatta fikrlar xilma xilligi boshlandi, izohlar yozildi. Koʻpchilikda norozilik kayfiyatini uygʻotgan birdan-bir jihat — bosh rolni oʻzbek aktyori ijro etmagani boʻldi. Bu borada Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva ham, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham bir xilda munosabat bildirishdi.
Yaʼni, Jaloliddin rolini turk aktyori ijro etgani hech qanday ahamiyatga ega emas. Muhimi, aktyolarni emas, taniqli aktyorlar bilan buyuk tarixiy siymolarni jahonga tanitish. Bundan tashqari, davlat tomonidan katta mablagʻ sarflanibdi, degan fikrlar ham Saida Mirziyoyeva tomonidan asoslandi. Yaʼni serial toʻliq homiylar koʻmagida ishlangan, Xususan, bosh homiy — “Orient Finans Bank”.