Madaniyat vaziri Turkiyaga safari chog'ida kinoijodkorlari bilan suhbatlashib, jaryonlarni ko'zdan kechirdi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, s'yomka jarayonlari uchun 50 gektar er maydonida pavilion o'rnatilgan bo'lib, fil`mda ishtirok etish uchun mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan. Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlarimiz ot minish va qilichbozlik bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tdi. SHu bilan birga turk tilini mukammal o'rganib tarix fani bo'yicha ham bilimlarini boyitishdi. Fil`mning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, CHingizxon va uning bolalari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga o'sha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi.
Dunyo miqiyosidagi katta loyihaga qo'l urganimni chuqur his qilyapman deydi Mehmet Bo'zdag'.
— Loyihani amalga oshirish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim etarli emas, jamoa, stsenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejiserlar ham xabardor bo'lishi muhim edi. SHu sababli ham suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur o'rganishga undadim. Menga o'zbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb ko'p bora savollar yo'llashdi. SHuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi fil`mlarda ham rol o'ynashga tayyor. SHaxsan o'zim keyingi fil`mlarimga ham aynan o'zbek akterlarini jalb etmoqchiman, chunki keyingi serialimiz Mirzo Ulug'bek haqida bo'ladi — dedi Bo'zdag'.
eslatib o'tamiz Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali O'zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi o'rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amlaga oshirilmoqda. Mazkur serialga 7 million AQSH dollari mablag' sarflanmoqda.
Oktyabr` oyining ikkinchi yarmida “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bo'zdag'ning O'zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan. “Mendirman Jaloliddin” seriali 2021 yilning yanvar` oyida katta ekranlarga chiqarilishi ko'zda tutilgan.



