Navoiy viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan “Mening mahallam – 30 yoshda" shiori ostidagi videolavhalar tanlovi oʻtkazilmoqda.

Videolavhalarda oʻtgan yillar davomida mahalla tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar, berilgan imtiyozlar, amalga oshirilayotgan ishlar oʻzgacha yondashuv, yangi gʻoyalar asosida yoritib berilishi lozim. (3-5 daqiqa davomida)

Tanlovda videolavhalari eng yaxshi deb topilgan 3 ta fuqarolar yigʻini Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanadi.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videolavhalar joriy yilning
25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi hamda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar yuzasidan tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga murojaat qilish