Taʼkidlash joizki, “The Mercury Group” 1963-yilda tashkil etilgan boʻlib, 10 ta davlatda faoliyatini olib boradi. Oʻz mijozlariga energetika, ogʻir sanoat, xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnologiya va uskunalar yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Kompaniya xalqaro miqyosda tobora rivojlanib, dunyo bozorlarida koʻplab mijozlarga egadir. Kompaniyaning AQSH, BAA, Buyuk Britaniya va Rossiyada oʻz vakolatxonalari mavjud.
Uchrashuvda mehmonga bugun Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, respublikamizning sarmoyaviy va eksport salohiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Uchrashuvda janob Muhammad Asif maxsus poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Xorijlik mehmonning soʻzlariga koʻra, u mahsulotlarni keyinchalik tashqi bozorlarga olib chiqish, xususan, Yevropa bozorlariga eksport qilish boʻyicha tashabbuslarini maʼlum qildi. “The Mercury Group” rahbari Oʻzbekistonda tayyorlangan mahsulotlar namunalari bilan tanishish maqsadida “GoʻZal Biznes Plyus” va “Comfort Leather Shoes” MCHJlarda boʻlib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonalarning mahsulotlari mazkur xorijiy kompaniyaga maʼqul kelib, namunalar BAA va Buyuk Britaniyaga joʻnatiladigan boʻldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar hamda oʻzaro manfaatli aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.