Merkuriy sathidan 236 kilometr uzoqlikda uchayotgan Yevropaning Mercury BepiColombo zondi sayyorani suratga olib, Yerga yubordi. Bu haqda Yevropa koinot agentligi (ESA) ma'lum qildi va Merkuriyning yaqindan olingan suratini e'lon qildi.
Sayyoramizga yuborilgan suratlarda ko'plab kraterlar, qadimiy vulqon tepaliklari va lava oqimlari aks etgan.
Olimlarning e'tiborini tortgan kraterlardan biri 1987-yilda vafot etgan yamayka-britaniyalik rassom Edni Menli sharafiga “Manley Crater” deb nomlandi.
Bundan tashqari, olimlar tasvirlar vositasida Bigl-Rubis shelfini, milliardlab yillar avval shakllangan 600 kilometr uzunlikdagi cho'qqini va kosmik jismlarning sayyoraga ta'siridan hosil bo'lgan qadimiy hovuzlarni topishdi, deb xabar beradi korrespondent.net.