Shunday tadbirlarning birida Denov tumani fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tomonidan “Qoraxon” mahallasida joylashgan I-XII asrlarga oid “Markaztepa” arxeologiya yodgorligi (0,21 ga) qonunchilik talablariga zid ravishda bog‘dorchilik uchun fuqaro M.A.ga berilgani aniqlandi.
Oqibatda, fuqaro M.A. tomonidan ushbu tarixiy yodgorlikning 630m3 hajmdagi hududi buzib tashlanib, ob’yektga juda ko‘p miqdorda 13 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan va aybdor shaxslarga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.