Xabarga koʻra, post mualliflari sharh yozishga faqat doʻstlari yoki belgilangan obunachilarga ruxsat beruvchi standart sozlamalar ham cheklanmoqda. Shuningdek, kompaniya Facebook foydalanuvchilari uchun sharhlarni ommaviy oʻchirish hamda profillarni blokirovka qilishni osonlashtirdi.
Ushbu oʻzgarishlar Meta Falastinni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xabarlarni “bostirish”da ayblanayotgani fonida amalga oshirilmoqda.