Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi B.K. oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, shahar hududida yangi qurilayotgan metan gaz shahobchasini 13-dahadagi 6 kVt lik “Fider” qozonxonasi orqali elektr tarmogʻiga ulash hamda texnik shart berish evaziga 2 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.