Metroda sumkasida bomba borligini aytgan qiz qamaldi

    Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" bekatida 22-oktabr kuni 19 yoshli qiz sumkasini tekshirtirayotgan paytda uning ichida bomba borligini aytib hazillashgani uchun ushlangan edi.

    Mazkur hodisa yuzasidan rasmiy axborot berildi. Ta’kidlanishicha, Sud qaroriga ko‘ra, S. X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 199-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    "Mazkur qaror ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda.