Shu munosabat bilan 7-bekat 2022-yil 11-iyuldan 18-iyulga qadar yoʻlovchilarga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. Poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” bekati bilan 6-bekat oraligʻida tashkil etiladi.

Shuningdek, 2022-yil 11-iyul kunidan 1-avgustga qadar Yer usti halqa yoʻlida poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha harakatlanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun “Toshkent metropoliteni” DUK yoʻlovchilardan uzr soʻradi.