Hozirgi vaqtda bir kunda oʻrta hisobda metropolitenning yoʻnalishlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni 690 — 700 mingni tashkil etmoqda.
Ayniqsa, 20-sentabr sanasidan boshlab koʻchalarda 10 ballik avtomashina tiqilinchligi hisobiga avtobuslardagi yoʻlovchilarni bir qismi metrodan foydalanishi hisobiga bu koʻrsatgich kunma-kun ortib bormoqda.
Yoʻlovchilar sonini keskin koʻpayishi metro vagonlarga belgilangan yoʻlovchilarni sonini 2-marta koʻpayishi va buning hisobiga vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib metro poyezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga, yoʻlovchilar tomonidan metropolitendan foydalanish qoidalariga rioya qilinmayotgani yaʼni, harakatlanish vaqtida oʻzaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yoʻlovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turib qolish, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanish hamda poyezdning bosh va soʻngi vagonlari bilan bir qatorda oʻrta vagonlaridan teng foydalanmayotganliklari asosiy sabablardan biri boʻlmoqda.
Shuningdek, yoʻlovchilar tomonidan vagonlarda va metropoliten hududida shaxsiy buyumlarni qoldirib ketish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bunda tekshirish maqsadida, yoʻnalishdagi poyezdni harakati yoʻnalishidan olinadi va harakat intervalini uzayishiga olib keladi. (oxirgi haftada 9 ta shunday holat kuzatilgan).
Bugungi kunda, metropoliten yoʻlovchilariga yanada qulay va maʼdaniyatli xizmat koʻrsatish maqsadida, 6 ta harakat tarkibi 5 ta vagondan tashkil topgan holda xizmat koʻrsatib kelmoqda, ularning soni shu yilning oxiriga qadar 13 taga yetkaziladi.
Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar 56 ta va 2024 — yil davomida yana qoʻshimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini harid qilish koʻzda tutilgan. Buning natijasida, tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yoʻnalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi.
Yangi metro vagonlari kelishiga 2 oy qolgani va yangi vagonlar kelishi bilan Chilonzor, Oʻzbekiston, Yunusobod va Yer usti xalqa yoʻli yoʻnalishida vagonlar soni ortishi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi.
Shularni hisobga olib, hurmatli yoʻlovchilarimizdan tigʻiz vaqtlarda toʻla vagonlariga chiqmasdan, keyingi boʻshroq metro vagonlarga chiqishlarini soʻraymiz.
Yoʻlovchilardan ushbu holatlarni toʻgʻri qabul qilgan holda, Sizlar uchun uzogʻingizni yaqin qilayotgan metropoliten jamoasini qoʻllab quvvatlashingizni soʻraymiz.