Ma'lumki, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida turli imtiyozli shartlar asosida kredit mablag'lari berilmoqda. Bugun bu imtiyoz va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanib, yurt farovonligiga hissa qo'shayotgan, o'z vaqtida berilgan kredit mablag'larini qaytarayotgan tadbirkorlar ko'plab topiladi. Biroq, ayrim bank mijozlari tomonidan bu ma'suliyat unitib qo'yilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo'yicha CHust tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi AT "Xalq banki" Namangan viloyat filiali foydasiga, javobgar "Dilnoza Asadbek" MCHJ va “Azim A'zam” xususiy  korxonasidan kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo'limi ish yurituviga olingan. Mazkur ijro hujjatlari bo'yicha davlat ijrochisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunining 23,86-moddalariga asosan “ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida”gi qaror qabul qilinib, qaror nusxasi qarzdorlarga ijro etish uchun topshirilgan. 

Qarzdor tomonidan ijro hujjatida ijrosi ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli undiruv qo'shimcha qarzdor “Azim Azam” X/K tomonidan garovga qo'yilgan Namangan shahar, To'raqo'rg'on ko'chasi 165-uyda joylashgan umumiy maydoni 121,37 kv metr, foydali maydoni 239,93 kv metr, qurilish osti maydoni 121,37 kv metr bo'lgan “Savdo maishiy xizmat ko'rsatish, qandolat muxsulotlari xamda muzqaymoq va salqin ichimliklar savdo do'koni” bino inshootlari qaratiladi.  O'z navbatida  qarzdorlarga ijro hujjatida ko'rsatilgan qarzdorlik summasini to'lanishi haqida ogoxlantirilgan. 

Olib borilgan ijro xarakatlari natijasida qarzdorlardan jami 129.416.218 so'm pul mablag'lari naqd holda bo'lim depozit hisob raqamiga undirilib, 2 ta ijro hujjati bo'yicha kredit qarzdorligi amalda to'liq undirildi.

   Alisher Tursunov,

MIB Namangan shahar bo'limi boshlig'i o'rinbosari