Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan qarzdor Murodjondan undiruvchi Shaxloxon foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Ijro hujjati boʻyicha qarzdor shu kunga qadar aliment pullarini toʻlamasdan qochib yurganligi oqibatida qarzdorlik 58 mln 500 ming soʻmga yetgan.
Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati boshqarmasi qidiruv shubasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Murodjonni Rishton tumanida ekanligi aniqlanib, ushlanayotgan jarayonida Murodjon taksiga oʻtirib qocha boshladi.
Byuro xodimlari yetib olib, ushlashib Murodjonni Bagʻdod tumani boʻlimi davlat ijrochisiga topshirishdi.
Shundan soʻng, davlat ijrochisi qarzdor Murodjonga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini toʻplanib, sudga taqdim qilindi.
Murodjonga nisbatan 28.03.2024-yil kuni 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.