MIB: Norinlik ota ma'suliyatni his etdi

    Voqea-hodisalar 14 Oktabr 2020 948

    Byuroning Norin tuman bo'limi tomonidan sud buyrug'iga asosan farzandlar moddiy ta'minoti uchun aliment mablag'larini undirib berishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

    Fuqarolik ishlari bo'yicha Uchqo'rg'on tumanlararo sudining 21.05.2010 yildagi sud buyrug'iga asosan qarzdor ergashev Jamshiddan undiruvchi ergasheva Nasibaning foydasiga 1 nafar voyaga etmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo'limi ish yurituviga olingan. Qarzdor otaga voyaga etmagan farzandi uchun har oyda yoki bir yo'la 18 yoshga qadar aliment mablag'ini to'lashi tushuntirildi. O'z navbatida farzandi moddiy ta'minotini tushungan ma'suliyati ota bir yo'la 18 yoshga qadar hisoblangan 42 mln so'm mablag'ni to'lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

    Umuman olganda, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning farzandlar moddiy ta'minotiga oid ish yurituvdagi jami 454 ta xujjat bo'yicha o'tgan 8 oy mobaynida 355 mln. so'm mablag' undirib berildi. 84 ta oilani yarashtirishga erishildi.

    Byuroning tuman bo'limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog'liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash davom etmoqda.

    Sherali Mamarizaev, MIB Norin tuman bo'limi boshlig'i