Microsoft Internet Explorerni qoʻllab quvvatlashni butunlay toʻxtashi haqida eʼlon qildi

    Bilasizmi? 28 Oktabr 2020 482

    Microsoft korporatsiyasi endi eskirib qolgan Internet Explorer brauzeri faoliyatini bloklashi haqida eʼlon qildi. Windows operatsiya tizimining oktyabr oyida chiqqan yangidan yangilanishida u foydalanuvchiga yetkazib bera olmaydigan saytlarning IP manzillari roʻyxatini oʻzida saqlovchi fayl mavjud.

    Mualliflarning taʼkidlashicha, saytga Internet Explorer orqali kirishda unda foydalanuvchiga sayt ochilmasligini bildiruvchi belgi aks etarkan.

    Shundan keyin eskirgan brauzer portalni yangi Edge da ochishni taklif qilyapti. Ushbu brauzer oktyabr oyidagi yangilanish jarayonida operatsiya tizimi tomonidan Microsoftdan qoʻshilgan edi. Internet Explorer ocha olmaydigan saytlar roʻyxatiga 1 156 ta, jumladan YouTube, Instagram, Twitter, “VKontakte”, GoDaddy va boshqa koʻpgina manbalar jamlangan, deb xabar beradi News.ru.

    Bungacha Microsoft Internet Explorer qoʻllab-quvvatlashni 2021-yil avgust oyida toʻxtatishini maʼlum qilgandi.