Microsoft TikTokni sotib olmoqchi

    Microsoft Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan TikTok ijtimoiy tarmog'ini sotib olish borasida muzokaralar o'tkazmoqda.

    Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi. Nashrda aytilishicha, AQSH prezidentni Donald Tramp Xitoy kompaniyasini oʻz hududida nazorat qilishning imkoni yoʻqligi uchun TikTokni bloklashga urinmoqda. Prezident maʼmuriyati bu haqdagi qarorni 24 soat ichida eʼlon qilishi mumkin.

    Microsoft va TikTok esa muzokaralar natijasi yoki biror bir bitim haqida maʼlumot berishni rad etmoqda.

    Avval ham amerikalik investorlar TikTokni sotib olishga bir necha bor harakat qilgan. Ilovani Xitoydan sotib olish harakatlari ijtimoiy tarmoqning AQSHda taqiqlanishi ehtimoli paydo boʻlganidan boshlangan edi.

    Maʼlumot uchun: TikTok ilovasi 2017-yili yaratilgan. Undan asosan oʻsmirlar faol foydalanmoqda. Hindiston va Gonkong esa bu ijtimoiy tarmoqni allaqachon bloklagan.