Microsoft ma’lumot saqlash plastinkasini yaratdi

    Fan 27 Dekabr 2021 4422

    Loyiha Project Silica deb nomlandi. Aslida, bu kvarts oynasidan yasalgan plastinka boʻlib, unda maʼlumotlar lazer bilan kiritiladi va u CD disklarga maʼlumot yozish jarayoniga oʻxshaydi.

    Taqdim etilgan 75 × 75 × 2 mm oʻlchamdagi shisha boʻlagi 75,6 GB maʼlumotni xotirasida saqlash imkoniga ega.

    Uning birgina kamchiligi plastinkadagi maʼlumotlardan nusxa koʻrichishni iloji yoʻq . Sinov tariqasida kvarts parchasiga 1978-yilda suratga olingan “Supermen” filmi yozilgan.

    Yozib olish jarayonining oʻzi yuzlab maʼlumotlar qatlamlarini kiritishning murakkab jarayoni boʻlib, keyinchalik neyron tarmoqlar yordamida oʻqiladi.

    Plastinka afzalligi shundaki, katta hajmdagi maʼlumotlar kichik plastinkada joylashadi. Bundan tashqari, bunday kvarts shishasi 500 darajadan yuqori haroratga bardosh bera oladi, zarbalardan, suvdan, kimyoviy taʼsirdan va boshqa omillarga chidamli boʻlib, uning xizmat qilish muddati yuzlab, hatto minglab yillarni tashkil etadi.

    Loyiha rivojlanishning dastlabki bosqichida boʻlib, muhandislar yozish tezligi va maʼlumotlarni saqlashni optimallashtirish ustida ishlashmoqda.