Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari delegatsiyasi Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligida mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruhning birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga yoʻl oldi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari kiritilgan.