Bu haqda Prezidentning “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga koʻra, Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi:

  • chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • identifikatsiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • Oʻzbekiston fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • Oʻzbekiston fuqarolari, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • Oʻzbekistonga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil 1-sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlarini YAIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatish imkoniyati yaratiladi:

  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekistonga taklif qilish;
  • fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.