Ayni damda Pop tumani Barkamol avlod maskanida viloyat hokimining o'rinbosari Dinara Ykubova migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ulardagi mavjud muammolarni o'rganmoqda.
Uchrashuvda ishsiz ayollarni kasb-hunarga o'qitib, bandligini ta'minlash, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta'minlab, subsidiya asosida uy-joy bilan ta'minlash, sog'ligida shikoyati bo'lgan ayollarni bepul davolash choralari ko'rildi.
Shuningdek tuman bandlikka ko'maklashish markazi hamda sog'liqni saqlash bo'limi mas'ul xodimlariga mazkur fuqarolardagi masalalarni hal etish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.