Taʼkidlash joiz, fuqarolarni xorijga ishga joʻnatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
Fuqarolarni xorijga ishga joʻnatish uchun litsenziya olgan xususiy bandlik agentliklari reyestrida esa “AGROSTAFF RS” tashkiloti mavjud emas.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “AGROSTAFF RS” tashkiloti faoliyati noqonuniyligini maʼlum qilamiz.
Shu bilan birga, 2022-yilda Serbiyaga individual tartibda ishga borgan yurtdoshlarimiz tomonidan ish haqi va yashash sharoitlari yuzasidan koʻplab shikoyatlar kelib tushgan.