Baʼzi kasalliklar quloq shangʻillashini keltirib chiqarishi kuzatilgan:

— Migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh ogʻrigʻi) —boshning chap yoki oʻng tomoni qattiq ogʻrib, oʻsha tomon quloqda gʻalati tovushlar eshitiladi;

— Yurak, qon-tomir kasalliklarida esa quloq tizimidagi shovqin yurak urishiga oʻxshash boʻladi;

— Boʻyin osteoxondrozida ham quloqda dukillash eshitiladi.

Sababini aniqlash uchun birinchi navbatda LOR shifokorga murojaat qilish kerak.

Quloqdagi shovqinlar ogʻriqli boʻlsa-yu, oʻz vaqtida davolanmasa, tiniqib uxlashga halal berishi, xavotir va stressni keltirib chiqarishi mumkin.

Shovqin bilan birga doimiy bosh ogʻrigʻi, yurak sohasida sanchiq va ogʻriqlar kuzatilsa, hamda bosh aylanib, koʻz oldi qorongʻilashsa, koʻngil aynishi paydo boʻlsa, bu quloq saratoni kabi ogʻir kasallikning belgisi boʻlishi mumkin.

Feruza Muxtorovna tayyorladi