Reklama huquqi asosida
Unga koʻra, qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2500 soʻm (24.01.2022-y., PQ-100) miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish joriy etildi. Shuningdek, parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha quyidagi imtiyozlar berildi.
Xususan, 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar uchun ajratilayotgan kredit boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan:
- omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq boʻlmagan qismi;
- parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi.
Shu bilan birga, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarning toʻliq quvvatda ishlashini taʼminlash va ozuqa zaxirasini shakllantirish maqsadida quyidagilar uchun kreditlar ajratilishi belgilangan.
Jumladan:
- bugʻdoy, makkajoʻxori, soya doni va shroti, kungaboqar shroti kabi ozuqa-yem mahsulotlarini eng arzon boʻlgan yigʻim-terim davrlarida zaxira qilish;
- parrandachilik xoʻjaliklari va ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni toʻliq ishga tushirish uchun 24 oygacha boʻlgan muddatga aylanma mablagʻ ajratish va modernizatsiya qilish;
- “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin.
“Mikrokreditbank” ATB tomonidan qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik korxonalari faoliyati inventarizatsiyadan oʻtkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yanada oshirish boʻyicha aniq chora-tadbir belgilab olindi. Xususan:
* Oʻtkazilgan qoʻshimcha oʻrganishlar natijasiga koʻra, parranda ozuqasi zaxirasini yaratish va ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun hududlardan 201 ta tadbirkorlik subyektlari boʻyicha (181 tasiga ozuqa uchun aylanma mablagʻlar va 20 tasiga modernizatsiya uchun) 800 mlrd soʻm bank kreditiga talab shakllandi. Bugungi kunga qadar ushbu talab asosida jami 179 ta loyihaga 438,6 mlrd soʻm kredit ajratib berildi.
* Qarorning 5-bandiga asosan boshqa tijorat banklarida xizmat koʻrsatilayotgan parrandachilik (ozuqa) loyihalari uchun 42,2 mlrd soʻmlik mablagʻlar qayta moliyalashtirish maqsadida boshqa banklarga yoʻnaltirildi.
Xususan, 1 ta loyihani moliyalashtirishga 10 mlrd soʻm - «Turonbank»ka, yana 1 tasi uchun 2,2 mlrd soʻm «Savdogarbank»ka hamda 10 ta loyihani moliyalashtirish uchun 30 mlrd soʻm «Qishloqqurilishbank»ka oʻtkazib berildi. Shuningdek, parrandalar uchun ozuqa-yem ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yillik quvvati 181 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 ta loyihaga jami 80,3 mlrd soʻm kredit ajratildi.
Mazkur loyihalar toʻliq amalga oshirilishi evaziga yiliga 1,3 mlrd dona tuxum va 74 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish hamda 180,5 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. Parrandachilik yoʻnalishida loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Bank tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.
Gʻolib Sanoyev,
Davlat dasturlari va hukumat idoralari bilan ishlash departamenti direktori.
Xizmatlar litsenziyalangan.