Oʻzbekistonda esa har yili 1660 nafar ayol bachadon boʻyni saratoni kasalligiga chalinayotgan boʻlsa, 608 nafar ayol vafot etmoqda.
Kasallikning profilaktikasi 9 yoshdagi qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra bachadon boʻyni saratoni Oʻzbekistonda barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinda turadigan va eng koʻp tarqalgan saraton kasaligi hisoblanadi.
Joriy yilning aprel va may oylarida joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining emlash brigadalari tomonidan papilloma virusi kasalliklarining oldini olish maqsadida odam papillomasi virusi vaksinasi bilan milliy emlash kalendari asosida 9 yoshdagi qizlarni emlash tadbirlari olib boriladi.
Buning uchun 3138 ta emlash punktida tibbiyot xodimlarining tayyorgarligi oshirilib, rejaga asosan 307 064 nafar 9 yoshdagi qizni emlash qamrovi jarayoni davom etayapti.
Respublika Virusologiya ITI, Onkologiya va akusherlik-ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar VPCH vaksinasi bilan emlash oʻtkazilsa kelgusida 1100 nafar ayolni bachadon boʻyni saratoni bilan kasallanishining oldi olinadi, qolaversa 583 nafar ayolning hayotini saqlab qolishga erishiladi.