Taʼkidlanishicha, kecha, 3-iyul kuni soat 13:30larda, Аndijon shaxar “Gumbaz” MFY, Boburshox koʼchasida, haydovchi (Milliy gvardiya Аndijon viloyati boʼyicha boshqarmasi xodimi, kichik serjant) 1992-yilda tugʼilgan R.I. oʼzining boshqaruvidagi "Patriot" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida, oʼzi bilan bir yoʼnalishda orqadan harakatlanib kelayotgan, 1999 yilda tugʼilgan B.M. oʼzining “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarish davomida oraliq masofani saqlay olmasdan “Patriot” avtomashinasi bilan toʼqnashib, yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada har ikkala avtomashinalar tehnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yoʼq.
Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahar IIOFMB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.