Bu haqda Milliy gvardiyaning Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, voqea 2025-yilning 7-oktyabr kuni tungi soat 00.05 da sodir boʻlgan. Hodisa joyida tibbiy yordam kelgunga qadar gvardiyachilar jabrlanuvchini suvdan chiqarib olib, dastlabki tibbiy yordamni koʻrsatishdi.
Olib borilgan dastlabki oʻrganishlar natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahrida yashovchi K.K. ekanligi aniqlandi. Hozirgi paytda K.K. shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv oʻtkazilmoqda.








