Joriy yilning 17-mart kuni soat 13.05 larda poytaxtimizning “Eski Juva” bozori hududida xizmat vazifasini oʻtayotgan Milliy gvardiya xodimlarining sergakligi tufayli ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qoʻlga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, oʻzini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekani aniqlangan.
Shuningdek, ushbu shaxs Toshkent shahar 1 sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turishi maʼlum boʻldi.
Ushbu fuqaro Shayxontohur tumani IIB masʼul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qoʻyilgan.