Respublikamiz delegatsiyasining Praga Gematologiya va qon quyish instituti (ÚHKT)ga tashrif chogʻida zamonaviy Biobanking tashkil etishning Chexiya tajribasi oʻrganildi. Bu yerda mahalliy bemorlarni koʻzdan kechirishda tashkil etilgan biologik namunalar saqlanar ekan. Shuningdek, jahon biobank tarmogʻiga ulanish imkoniyati mavjud ekan. Bu esa bemorlar va ilmiy ishlar ustida rak, qon kasalligini davolash uchun muhim boʻlgan chuqur izlanishlar olib borish imkonining samarasini sezilarli darajada kengaytiradi.

Milliy palata mutaxassislari Chexiyalik hamkasblari bilan Oʻzbekistonda biobank tizimining zamonaviy darajasini tashkil etish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama etdilar.

Shuningdek, molekulyar-genetik tashxis, yangi avlodni sekvenirlash, biologik davolash dori vositalari kabi yoʻnalishlarning rivoji oʻrganib chiqildi.

“Oʻzbekistonda gematologiya sohasida amaliy yordam hamda ushbu yoʻnalishdagi eng ilgʻor jahon tajribasini qoʻllagan holda ilmiy tadqiqotlarning rivoji soʻngi yillarda jiddiy qoʻllab-quvvatlanyapti va unga eʼtibor qaratilyapti. Bu borada 2021-yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologik va onkologik xizmatlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi”, — deb aytib oʻtdi Chexiyadagi uchrashuv jarayonida Milliy palata rahbari Rovshan Izamov.

Yana shu ham taʼkidlandiki, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 17-iyunda oʻzining topshirigʻiga muvofiq yangidan qayta tashkil etilgan Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markaziga tashrif buyurdi. Endi bu yerda bemor bolalar va ularning ota-onalari uchun alohida qulay sharoitlar yaratilgan. Iyun oyida markazda 101 nafar bola davolanayotgan holda, ularga 130 nafar shifokor, jumladan, 38 nafar ilmiy xodim, yuzlab tibbiyot hamshiralari xizmat koʻrsatgan. Joriy yilda Markazda qoʻshimcha tibbiy uskunalarning 14 turi oʻrnatildi, dori vositalari bilan taʼminlash sezilarli darajada oʻsdi. Davlat tomonidan 91 turdagi onkometalogik vositalar bilan bepul taʼminlanyapti.

Davlat rahbari topshirigʻiga asosan Markaz yanada kengaytiriladi. Yil oxirigacha yana 67 turdagi uskunalar olib kelib oʻrnatiladi. Bu yerda tashxislash va davolash standartlari yangilangan. Markaz faoliyatiga eng yaxshi xorijlik konsultantlar jalb etilyapti.

Aynan eng yaxshi dunyo tajribasi va Oʻzbekiston olimlari va boshqa mamlakatlarning hamkorlik aloqalari davolash darajasida burilish hosil qilish imkonini beradi. ÚHKTda qonning onkologik kasallanishini bemorlarning oʻz hujayralari bilan davolash usullari oʻrganilyapti. Oʻtgan yili oktyabr oyida Chexiya olimlari va OAV xabar berishicha, buning uchun yangi tadqiqot pavilyoni ochilib, u yerda hujayralar ustida tadqiqot oʻtkazadigan va oʻsmalar bilan kurasha oladigan hujayralar ishlab chiqilar ekan. Ularni maxsus, aniq bemor uchun tayyorlab, infuziya shaklida taqdim etiladi. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, yangi usul yuzasida maʼlum antigen mavjud boʻlgan va modifikatsiya etilgan hujayralar ularni aniqlashi mumkin boʻlgan yomon oʻsmalarning uchta turini samarali davolash mumkin. Qutqaruvchi hujayralar maʼlum bemor uchun tayyorlanadi. Ularni tayyorlash uchun bir oy vaqt ketadi. Bu personlashtirilgan tibbiyotdir.

Mazkur tadqiqotlar orqali kelajakda “umumiy hujayralar” deb atalmish hujayralar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Va bunday hujayralarni bemorga kechiktirmasdan oʻz vaqtida uzatilishi mumkin boʻladi.

Shunday qilib, Chexiya tajribasi shu bilan afzalki, bu yerda bemorga fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarishdan tortib, ularni bemorni davolashda qoʻllanishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab olgan yordam mexanizmi ishlab chiqilgan.

Xizmat safari davomida hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekiston bemorlarini davolashda Chexiya tajribasini amalda qoʻllash maqsadida ÚHKT bilan hamkorlik munosabatlari oʻrnatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi.