Jamoat salomatligi kasalliklarning oldini olishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish va rivojlantirishni, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan umrni uzaytirish va sogʻliqni mustahkamlashni maqsad qilgan. Ushbu yoʻnalishning dolzarbligini bugun hayotning oʻzi isbotlab turibdi.

Public Health Leaders grant dasturi yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan va unga iqtisod fanlari doktori, professor Sandjar Djalalov xotirasiga bagʻishlab Milliy palata tomonidan asos solingan. U 2018-yilda oʻzining THETA Collaborative (Toronto) dagi muvaffaqiyatli karyerasidan foydalanib Vatanida SSTB (Sogʻliqni saqlash texnologiyalarini baholash) uslubini joriy etishga koʻmaklashish uchun Kanadadan Oʻzbekistonga qaytib keldi. Sandjar Djalalov TXVUda Jamoat salomatligi sohasida magistratura ochishning muhimligi gʻoyasini ilgari surganlardan biri edi.

Magistraturaning dastlabki talabalari 2021-yil 25-yanvardan oʻqishni boshlaydi. Magistraturani tugatgan bitiruvchilar Jamoat Salomatligi fani sohasida magistr ilmiy unvoniga ega boʻladilar.

MSc Public Health Science magistraturasining ushbu dasturi Londondagi Vestminister universitetida muvaffaqiyatli oʻzlashtirilyapti. Uni Oʻzbekistonda oʻtaydigan magistrantlar University of Westminister (London, UK) dan ham diplom oladilar. U diplom butun dunyoda, jumladan, Yevropa, AQSH va boshqa mamlakatlarda tan olinadi.

Londondagi Vestminister universiteti tajribasidan maʼlum boʻlganidek, mazkur kurs magistrantlari amaliyotdagi shifokor, davolovchi xodim, akademiya sohasida oʻqituvchi, jamoat salomatligi sektorida menejer boʻladimi, jamoat salomatligi sohasida kerakli mutaxassislar sanaladi.

Milliy palata bir qator mezonlar boʻyicha tanlab olingan istiqbolli talabalarning birini qoʻllab-quvvatlashga qaror qildi. Ajratilgan grant uning magistraturada oʻqish xarajatlarini qoplaydi.

Magistraturani oʻtash uchun har xil toifadagi tinglovchilarga, jumladan, amaliyotdagi shifokorlarga imkoniyatlar yaratish maqsadida oʻqishni kunduzgi shaklda (1 yil) hamda qisman band boʻlgan holda davom ettirish sharoiti yaratilgan, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.