Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi tomonidan Jahon bankining Toshkent ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn konferensiya mazkur mavzuga bagʻishlangan edi.
2022-yil 10-yanvarda boʻlib oʻtgan konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdulla Azizov, Milliy palata boʻlim boshligʻi Klara Yadgarova, Jahon bankining Vashington ofisi mutaxassislari, shuningdek “Dori vositalarining sifatini oshirish (PQM+)” USAID dasturi mutaxassislari, PQM+ dasturi boshqarmasi direktori doktor Archil Salakaya, katta texnik maslahatchi Yan Uarsin, USAID dasturi kuratori Flora Salixovalar ishtirok etdi.
Muhokama davomida doktor Zafar Mirza ekspert fikrini bayon etdi. U JSSTning xalqaro eksperti, koʻp yillar JSST departamenti (Jeneva) rahbari, Pokiston Sogʻliqni saqlash vaziri boʻlib ishlagan.
2022-yil mart oyida doktor Zafar Mirzaning Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilyapti. Tashrifdan “Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ning “Farmatsevtik preparatlar va tibbiy mahsulotlari” yoʻnalishini ishlab chiqish jarayoniga kuratorlik qilish koʻzda tutilgan. Mazkur yoʻnalishdagi yetakchi tashkilot bu Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligidir. Strategiyani ishlab chiqish boʻyicha ish sektorlararo ishchi guruhida bir qator vazirliklar va idoralar ishtirokida olib boriladi. Shuningdek, doktor Zafar Mirza farmatsevtika obyektlari va Davlat tibbiy sugʻurtasining pilot loyihasi amalga oshirilayotgan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.
“Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ning farmatsevtika yoʻnalishi muhokamasi davomida Milliy palata vakili K. Yadgarova tomonidan mazkur strategiyani ishlab chiqish jarayoniga xalqaro ekspertlarni va xalqaro tashkilotlarni jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida koʻzda tutilgani taʼkidlandi.
“Sogʻliqni saqlash strategiyasi sogʻliqni saqlash sohasining yuksak maqsadlarini, shuningdek barqaror rivojlanish sohasida maqsadlarga erishishga olib keladigan muhim choralarni tavsiflab beradi”, — deb taʼkidladi u.
Bu borada Strategiyaning “Farmatsevtik preparatlar va tibbiy mahsulotlar” kabi segmentida uning tezroq va barqaror rivojlanish imkonini beruvchi bir qator shartlari koʻzda tutilgan. Ular orasida: asosiy dori vositalariga va tibbiy mahsulotlarga (jumladan, taqsimlash, qamrov) bir xil yoʻl; moliyalashtirish (masalan, narxni boshqarish); dori vositalari va mahsulotlar sifatini nazorat qilish va taʼminlash (sifat kafolati va nazoratining institutsional jihatlari, ishlab chiqarish amaliyoti, bilimlarni tekshirish, litsenziyalash, dori vositalaridan oqilona foydalanish); sogʻliqni saqlash texnologiyasini baholash; yetkazib berish zanjirini boshqarish.
Onlayn konferensiyada Strategiyaning farmatsevtika yoʻnalishiga “Dori vositalarining sifatini oshirish (PQM+)” USAID dasturi tomonidan koʻmak berish masalasi muhokama etildi.
Bu PQM+ning, shuningdek farmatsevtik kompaniyalarning sohaviy baholarini oʻtkazishni, Farmatsevtik texnologiya universitetiga oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda koʻmaklashishni va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekistondagi yangi yoʻnalishidir.
PQM+ — bu USAID va AQSHning Farmakopeyasi (USP) oʻrtasidagi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda tibbiy mahsulotlarning sifatini taʼminlashni barqaror kuchaytirish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi bitimdir. 1820-yilda asos solingan USP ilmiy, notijorat, xususiy, barqaror moliyalashtirib turiladigan mustaqil tashkilot sanaladi. USP standartlari 40ta mamlakatda huquqiy tan olingan va 140ta mamlakatda foydalaniladi. Boshqa donorlar va hamkorlar bilan hamkorlikda USP butun dunyoda kuchli tartibga soluvchi tizimlarni va sifatni taʼminlash tizimini saflashga yordam beradi.
2021-yil yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va USAID oʻrtasida Oʻzbekistonda “dori vositalarining sifatini oshirish plyus” dasturini amalga oshirish boʻyicha Memorandum imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi.