Biroq 2018-yilning iyun oyidan boshlab stadion peshtaxtasida “Bunyodkor” nomi oʻrnida “Milliy” nomi paydo boʻldi. Ushbu holatga mutasaddilar oʻshanda milliy va olimpiya terma jamoamizning uy oʻyinlarini mazkur arenada oʻtkazishi bois shunday nomlanganini aytishgandi.

Biroq garchi stadion “Milliy” deb aytilganiga qaramasdan rasmiy hujjatlarda “Bunyodkor” deya yuritilgan. Xalqaro oʻyinlarda, bayonnomalarda “Milliy” nomi ishlatilinmagan. Kuni kecha oʻyingoh peshtahtasidagi “Milliy” nomi olib tashlandi. Endilikda stadion yana oʻzining mashhur nomiga qaytdi, deya xabar beradi championat.asia sayti.