Uchrashuvda OAVlari vakillari tomonidan partiya Andijon viloyat Kengashi 2020 yilning o'tgan olti oyi davomida uza.uz saytida 50ga yaqin, Diydor radiosida 100dan ortiq, Iqbol gazetasida 20ga yaqin, uning rasmiy saytida ham 20dan ortiq, Andijonnoma gazetasi 50dan ortiq, yuz.uz saytida 20ga yaqin chiqishlarni amalga oshirilganligi e'tirof etildi.

Tadbirda so'z olgan Diydor radiosi boshlovchisi Baxtiyor Mo'minov partiya dasturida ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligini ta'minlash, ularni xalq bilan muloqot uchun erkin minbarga aylantirishni qo'llab-quvvatlash, OAVga oid qonunchilik asoslarini mustahkamlash, bosma va elektron vositalarni davlat tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlash kabi vazifalar belgilanganligi va shundan kelib chiqib partiya tizimida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, ular orqali jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish masalalariga katta ahamiyat berilayotganini ta'kidladi.

Tadbir so'ngida partiya matbuot va OAVlari hodimlari o'rtasida doimiy va samarali hamkorlikni mustahkamlashga oid istiqbolli rejalar tuzilib, vazifalar kelishib olindi.

O'zMTDP Andijon viloyat

Kengashi Axborot xizmati