“Milliy tiklanish” partiyasi prezidentlikka Alisher Qodirov nomzodini koʻrsatdi

    Saylov 6 Avgust 2021 3363

    A.Qodirov 1975-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996-yilda Turkiyaning Egey universitetini, 2009-yilda Toshkent Moliya institutini, 2011-yilda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

    Koʻp yillar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi tizimlarida turli lavozimlarda, shuningdek, Maʼnaviyat va maʼrifat markazining rahbari boʻlib faoliyat yuritgan. 2015-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

    Rus, ingliz va turk tillarini biladi. Toʻrt nafar farzandning otasi.