Joylashtirish usuli: OʻzRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Auksionda joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:

Obligatsiya turi: Markaziy bank obligatsiyalari;

identifikatsion raqam: 21055CBUSS;

bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million)soʻm;

joylashtirish sanasi: 2022 yil 9 mart;

chiqarilish hajmi: 600 000 000 000 (olti yuz milliard) soʻm;

muomala davri: 60 kun;

obligatsiyalarning soʻndirish sanasi: 2022 yil 8 may;

majburiyat boʻyicha daromad turi: diskont;

daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va soʻndirish qiymatlari orasidagi farq.

Auksion oʻtkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:30– 12:00;

arizalarni qondirish vaqti: 12:00;

toʻlov valyutasi: soʻm;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash:matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.