“Mahallabay” ishlash tizimi va Andijon namunasi asosida Namangan viloyati Mingbuloq tumanida har bir mahallalar bo'yicha sohalar kesimida kooperatsiyalar tashkil etilmoqda. Viloyat iqtisodiy taraqqiyot bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra:

- Qolgandaryo MFYda tikuvchilik kooperatsiyasi;

- shu mahallada parrandachilik kooperatsiyasi;

- Guliston MFYda chorvachilik kooperatsiyasi;

- Qo'shqishloq MFYda biogomus kooperatsiyasi;

- Mehnatobod MFYda charm-poyabzal va sumka ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

-Yakkatol MFYda parrandachilik (O'rdaklar) kooperatsiyalari tashkil etiladi.

Ularga har bir mahallada 100 tadan xonadonlar qamrab olinadi. Kooperatsiyalarni tashkil etish bo'yicha yer maydonlari hamda bo'sh turgan binolar tanlab olinmoqda.

Bundan tashqari, Tegirmonboshi MFY hududida o'rmon xo'jaligiga tegishli 10 gektar yer maydonidan 1 gektar ochiq yer maydonida yashikchilik kichik sanoat zonasi ham tashkil etiladi. Hozirda yer tekislash ishlari boshlab yuborilgan.