Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 10:40larda Mingbuloq tumani Chordona mahallasi hududidan o'tuvchi "Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon" yo'lida avtohalokat yuz berdi.
Chordona mahallasida yashovchi A.N "Lasetti" rusumli avtomashinasida yuqori tezlikda kelib, yo'lning belgilanmagan qismidan yugurib o'tayotgan 2011 yilda tug'ilgan voyaga yetmagan yosh qizni urib yuborgan.
Natijada qizcha og'ir tan-jarohatlari oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo'limida vafot etgan. Bu haqida Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.