Minskda “Belarus va Oʻzbekiston” birinchi turistik forumi oʻtkazildi

    Turizm 16 Sentabr 2024 508

    Minsk shahrida ikki davlat turizm sektori tashabbusi bilan “Belarus va Oʻzbekiston” birinchi turistik forumi tashkil etildi.

    Unda Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari J.Abdusalamov rahbarligida “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Oʻzbekiston sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

    Forum davomida ikki tomonlama aloqalarning joriy holati, hamkorlikning istiqbollari, kadrlarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik masalalari, tomonlar oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, turizm mahsulotlarini ishlab chiqish va targʻib etish kabi qator mavzular muhokama etildi.

    Shuningdek, Belarus tomoni uchun Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimotlari tashkil etildi, ikki mamlakat turistik kompaniyalari oʻrtasida 10 ga yaqin “B2B” uchrashuvlar hamda turizm kompaniyalari oʻrtasida sayyohlar almashinuvini oshirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.