Lekin, shu bilan birga smart karta, generator, telekommunikatsiya vositasi, ofis texnikasi kabi yana bir qator elektrotexnika mahsulotlarini oʻzimizda chiqarish imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.
Prezident hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga qattiq kirishgan sharoitda yagona yoʻlimiz – sifatni taʼminlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish ekanini taʼkidladi.
Bunga tarmoqdagi qoʻshilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkin.